Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Mi’raj News Agency": "O‘zbekistonning ushbu viloyati dunyo sayyohlarini jalb etmoqda"

"Mi’raj News Agency": "O‘zbekistonning ushbu viloyati  dunyo sayyohlarini jalb etmoqda"

Indoneziya matbuoti O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ro‘y berayotgan muhim voqealar haqida mamlakat jamoatchiligini xabardor qilishda davom etmoqda, deb xabar beradi “Dunyo” axborot agentligi.

"Mi’raj News Agency" axborot saytida yana bir maqola chop etildi. Unda ta’kidlanishicha, Xiva shahrida YUNESKO ko‘magida "Markaziy Osiyo sivilizasiyalar chorrahasida" xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi.

YUNESKOga tayanib Indoneziya axborot resursining xabar berishicha, forum mintaqaning umumiy madaniyati va umumiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.

O‘zbekistonning Xiva shahri ming yillar davomida ta’lim, fan va madaniyat markazi, sivilizasiyalar beshigi vazifasini o‘tagan Ipak yo‘lidagi eng qadimiy shaharlardan biri, Ichan-qal’a ichki shahar esa 1990 yildan buyon YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani alohida ta’kidlanadi.

"Shaharning Juma masjidi, maqbaralar, madrasalar, shuningdek, XIX asr boshlarida qurilgan saroylar kabi noyob me’moriy diqqatga sazovor joylari har yili dunyoning turli burchaklaridan sayyohlarni o‘ziga jalb etadi", deb yozadi axborot resursi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Kiritildi: 20:01 26.02.2021. O'qildi: 3184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!