Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexitni amalga oshirish uchun mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar birlashgani hamda kelishuvga erishgani to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda u Britaniya parlamenti hukumatni qo‘llab-quvvatlashi aniq bo‘lganidan so‘ng xabar bergan.
- Hozir millatning qiziqishlarini diqqat markaziga qo‘yish hamda referendum natijalarini amalga oshirish uchun birlashish vaqti keldi, - degan Mey.
Shuningdek, u barcha partiyalarning parlament a’zolariga savol bilan murojaat qilib, shaxsiy qiziqishlarni unutish vaqti kelganini bildirgan. Bosh vazir Leyboristlar partiyasi yetakchisi Jeremi Korbinning mazkur suhbatda ishtirok etmaslikka qaror qilganini ham ta’kidladi.
- Leyboristlar partiyasi rahbari ushbu suhbatda ishtirok etish borasida bir qarorga kelolmaganidan juda afsusdaman, lekin bizning eshiklarimiz doim ochiq, - degan Tereza Mey.
life.ru