Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

MEVA-SABZAVOTLAR BOJXONA KO‘RIGISIZ XORIJGA CHIQARILADI

MEVA-SABZAVOTLAR BOJXONA KO‘RIGISIZ XORIJGA CHIQARILADI

Samarqand viloyat prokuraturasida viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda tijorat banklari, soliq idoralari xodimlari hamda tadbirkorlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslar eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz eksport qilishlari mumkin.

- Eksportdan tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlamagan tashkilotlar nohalol eksportyorlar reestriga kiritiladi va keyinchalik ularga nisbatan eksport qilishda  to‘lovlarni oldindan to‘liq to‘lash talablari qo‘llaniladi, - deydi viloyat bojxona boshqarmasi bo‘lim bosh inspektori SH.Rahmatov. -  Tadbirkorlik sub’ektlari ulgurji savdo qilish lisenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqiga ham ega. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlar meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan tushumdan yagona soliq to‘lovi to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 22:34 17.11.2018. O'qildi: 1235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!