“Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–191-son, 15.05.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, quyidagilar 2030 yilgacha metropolitenda yo‘lovchi tashishni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilandi:
▫️ metropolitenda tashiladigan kunlik yo‘lovchilar sonini 1,8 mln nafarga, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kmga yetkazish;
▫️ harakat intervalini 2-3 daqiqagacha tushirish va boshqalar.
⌛️ 2028 yil yakuniga qadar:
🔹 metro bekatlariga kirish joylarida hamda bekatdan-bekatga o‘tish yo‘laklarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlagan holda vending apparatlari va kichik ko‘chma savdo ob’ektlarini joylashtirish choralari ko‘riladi;
🔹 metro stansiyalari oldida avtoturargohlarni tashkil qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Park & Ride” tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
▪️ avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berish;
▪️ avtoturargoh to‘lovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlarini joriy etish.
🔹 xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnel va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.