Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Metro bekatida aksiya o‘tkazildi

A A A
Metro bekatida aksiya o‘tkazildi

Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy bekatida Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar kutubxonasi, Toshkent metropoliteni boshqarmasi hamkorligida Navoiy gulshani deb nomlangan aksiya o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Buyuk shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan aksiya Alisher Navoiy adabiy merosini o‘rganish, uning avlodlarga qoldirgan boy madaniy-ma’rifiy merosini targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Aksiyada metroning kirish qismida yo‘lovchilarga Alisher Navoiyning hayoti, ijodiga oid savollar berildi. Shuningdek, shoir g‘azallaridan namunalar o‘qib berish so‘raldi. G‘olib yo‘lovchilar metropolitendan foydalanish uchun bir martalik jeton va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi. Tadbirda yurtdoshlarimiz faol qatnashdi. Navoiy asarlaridan parchalar yozilgan tarqatma materiallar yo‘lovchilarga tarqatildi. Qatnashchilar o‘zlariga berilgan baytni baland ovozda o‘qidi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yurtdoshlarimizni, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka jalb etishdir. Targ‘ibotning o‘ziga xos bu usuli juda qiziq va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Noyob va betakror me’morchilik san’atini o‘zida jamlagan Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy metro bekati 1984 yilning 8 dekabrida ishga tushirilgan bo‘lib, dunyodagi eng go‘zal metro bekatlaridan biri hisoblanadi.

Yo‘lovchilar Alisher Navoiy metro bekatida mutafakkirning o‘lmas ijodini yana bir bor yodga oldi.

Manba: uz24. uz

Kiritildi: 21:45 08.02.2019. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik