Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Yurtimizda metan narxi ham oshdi

A A A
Yurtimizda metan narxi ham oshdi

Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari orqali aholiga sotiladigan propan hamda metan narxlari qimmatlashdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining narxlar statistikasi boshqarmasi xabar qilishicha, joriy yilning may oyida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari orqali aholiga sotiladigan propan hamda metan narxlari mos ravishda 5,3 foiz va 0,9 foizga qimmatlashdi.

 

Narxlarning o‘sishiga yoqilg‘i-moylash materiallari bozori kon’yunkturasining va ular bilan bog‘liq birja narxlarining o‘zgarishi natijasi bunga sabab bo‘ldi. 

Kiritildi: 10:21 04.06.2018. O'qildi: 2345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik