Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Messi xayrlashuv oldidan muxlislarga murojaat qildi

Messi xayrlashuv oldidan muxlislarga murojaat qildi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvi oldidan muxlislarga murojaat qildi.

"Bu lahza yetib keldi. Men vijdonim toza holda ketyapman. Qo‘limdan kelgan barchasini berdim. Bu futbolka ko‘p yillar davomida mening orzum, faxrim va hayotim bo‘ldi. Meni shunchalik qattiq yaxshi ko‘rganingiz uchun rahmat, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Men sizlarni doimo qalbimda saqlayman", — deya Messining so‘zlarini jurnalist Fabrisio Romano keltirdi.

39 yoshli jahon futboli yulduzi 7 oktyabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi bilan xayrlashadi. Buenos-Ayresda Lionel Skaloni shogirdlari Beninga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Messi Argentina milliy terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan va ikki marta Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 23:43 06.10.2026. O'qildi: 257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!