«Inter Mayami» jamoasini kim boshqarishi ma’lum bo‘lib ulgurdi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, Xerardo Martino shaxsiy sabablar tufayli Mayami klubidan iste’foga chiqishga qaror qilgach, Messi yetakchiligidagi jamoani uning sobiq jamoadoshi Xaviyer Maskerano boshqaradigan bo‘ldi. Tomonlar kelishuvga erishgan.
Argentina yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Xaviyer Maskeranoning amaldagi kelishuvi dekabrda yakunlanadi va u Mayami klubida ish boshlaydi.
Avvalroq, Xavi AQSh klubi taklifini rad etib, Yevropa klublaridan taklif kutayotgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Maskerano «Barselona»da Messi, Suares, Alba va Buskets singari futbolchilar bilan birga faoliyat yuritgan edi.