Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Messi qayerga ketishi mumkin? Eng yaqin variant – «Yuventus»

Messi qayerga ketishi mumkin? Eng yaqin variant – «Yuventus»

Lionel Messi «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi gaplar tobora ko‘paymoqda. Ispan nashrlarining yozishicha, Messi mavsum yakunida klubdan ketishga qaror qilgan.

Bukmekerlar allaqachon Messi qaysi jamoaga ketishi mumkinligi haqida stavka qabul qilishni boshladi. Messining jamoada qolishiga tabiiyki past koeffisiyent qo‘yilgan. Uning faoliyatini «Barselona»da yakunlashi haqida esa alohida stavka belgilangan.

Ba’zi bukmekerlik idoralarida Messining jamoadan ketishiga 2,25 koeffisiyent dov belgilangan va bu juda jiddiy ko‘rsatkich. Shuningdek, Messi «Barselona»dan ketsa, qayerga o‘tishi mumkinligi borasida alohida stavkalar ham mavjud. Ular orasida «Yuventus» va «Manchester Siti»ning imkoniyatlari nisbatan yuqori baholangan (8,00 koeffisent).

Ro‘yxatda «PSJ» (10,00), «MYu» (20,00), «Inter» (30,00), Argentina klubi (50,00), Xitoy klubi (50,00), MLS klubi (50,00) va «Real» (100,00) variantlari ham bor. 

Kiritildi: 08:35 05.07.2020. O'qildi: 4500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!