Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Messi JCh finalidagi mag‘lubiyatdan keyin fikr bildirdi

Messi JCh finalidagi mag‘lubiyatdan keyin fikr bildirdi

Jahon chempionatining final bahsida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro maydonga tushdi. «Albiseleste» minimal hisobda, ya’ni 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Yagona golni hujumchi Ferran Torres kiritdi.

39 yoshli argentinalik hujumchi Lionel Messi mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ispanlar kuchliroq edi. Biz mag‘lub bo‘ldik va buni qabul qilamiz. Biroq bunday natija qilgan ishlarimizning barchasini unutib yuboramiz degani emas. Men juda xafaman, lekin jamoa maydonda borini berdi. Yigitlarga va o‘z mamlakatimga minnatdorlik bildiraman», — deya hujumchining so‘zlarini keltiradi ESPN.

O‘tkazilgan turnirda Lionel o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘rtta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:52 20.07.2026. O'qildi: 2588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!