Bugun 11 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Messi Ispaniyadagi ikkinchi klubni ham sotib oladi(mi)?

Messi Ispaniyadagi ikkinchi klubni ham sotib oladi(mi)?

Argentinalik futbol afsonasi Lionel Messi Ispaniyadagi ikkinchi futbol klubini sotib olishga yaqin turibdi.

Ispaniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Eldense» klubi Messi klubning asosiy aksiyadoriga aylanish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

Bu Messining Ispaniya futbolidagi ikkinchi investisiyasi bo‘ladi. U aprel oyida Kataloniyaning «Kornelya» klubini sotib olgan edi.

Hozirda Messi AQShning «Inter Mayami» klubida faoliyatini davom ettirmoqda. Yaqinda esa Argentina terma jamoasidagi ishtirokini yakunladi. Bu qaror 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng ma’lum qilingan.

Kiritildi: 22:25 10.09.2026. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!