Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Messi Buenos-Ayres universitetining faxriy doktori bo‘ldi

Messi Buenos-Ayres universitetining faxriy doktori bo‘ldi

Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi Buenos-Ayres universitetining faxriy doktorlik darajasiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"Tabriklaymiz, afsona!" — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Messiga berilgan faxriy doktorlik darajasi universitet yoki akademiya tomonidan ilm-fan, madaniyat, jamiyat yoki insoniyat oldidagi ulkan xizmatlari uchun taqdim etiladi. Bunda dissertasiya himoya qilish yoki odatiy akademik jarayondan o‘tish talab etilmaydi.

39 yoshli hujumchi 7 oktyabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazadi. "Albiseleste" Beninga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 23:30 06.10.2026. O'qildi: 287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!