Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi "Barselona"ga mablag‘ keltirishi mumkin

A A A
Messi "Barselona"ga mablag‘ keltirishi mumkin

Argentina terma jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasi "Barselona"ga pul keltirishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, agar Lionel Messi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritsa, "ko‘k-anorranglilar" taxminan 120 ming yevro oladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi jahon chempionati finalida yarim finalda Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etgan Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Messi 2021 yilning yozida "Barselona"ni tekinka tark etgandi. O‘shandan beri argentinalik futbolchi birinchi mavsumidayoq Liga 1 g‘olibi bo‘lgan Fransiyaning "PSJ" jamoasida o‘ynamoqda.

Lionel ayni damda jahon chempionati to‘purarlar jadvalida 5 ta gol bilan Kilian Mbappe bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 14:56 15.12.2022. O'qildi: 2275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik