Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Messi Argentina terma jamoasi sardori bo‘ladi

Messi Argentina terma jamoasi sardori bo‘ladi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2026 yilgi Jahon chempionati uchun 26 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi va Lionel Messi turnirda jamoa sardori bo‘lishini tasdiqladi.

Bu Messi uchun faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionati bo‘ladi. Shu tariqa, u portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va meksikalik Gilyermo Ochoa bilan birgalikda jahon futboli tarixida oltita mundialda ishtirok etgan ilk futbolchilar qatoridan joy olmoqda.

So‘nggi kunlarda Messining sog‘lig‘i borasida xavotirlar bor edi. Tibbiy ko‘riklar uning chap son mushaklarida charchoq borligini aniqlagandi. Biroq Skaloni bu muammolar jiddiy emasligini va futbolchi turnirda to‘liq yordam bera olishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Qatardagi mundial finalida Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, amaldagi chempion sifatida ushbu turnirga tashrif buyurmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:54. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!