Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Mersedes- Bens”dagi 804 million so‘mlik qing‘irlik

“Mersedes- Bens”dagi 804 million so‘mlik qing‘irlik

Tovar moddiy boyliklarning bojxona chegaralari orqali amaldagi qonunchilik talablari asosida belgilangan miqdor va sifat darajasida olib o‘tilishi bojxonachilar tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Qonunchilik talablariga zid keluvchi tovarlarning noqonuniy harakatiga esa o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.U boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Natijada, ushbu avtotransportda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, sifati kafolatlanmagan, dastlabki so‘rovga ko‘ra qiymati 804 million so‘mga teng bo‘lgan  har xil turdagi xo‘jalik mollari, maishiy texnika, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi aniqlandi.

Eng achinarlisi esa, olib kirishga urinilgan qandolat mahsulotlari komponentlarining yaroqlilik muddati ancha yillar oldin tugab bo‘lgan. Bojxona to‘lovlaridan qochib, davlatimiz byudjetiga keltirmoqchi bo‘lgan zarari bir tomon bo‘lsa, sifati kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati tugab bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining olib kirilishi yurtdoshlarimiz sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin edi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

 

 

Kiritildi: 17:47 01.12.2020. O'qildi: 2486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!