Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Merkel Yevropa xavfsizlik kengashi tashkil etishni taklif qildi

Merkel Yevropa xavfsizlik kengashi tashkil etishni taklif qildi

 

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa xavfsizlik kengashini tashkil etish taklifini bildirdi. U bu haqda Strasburgda Yevroparlament deputatlari oldidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Men a’zolari almashinuvchanlik tamoyili bo‘yicha ishlovchi va muhim qarorlarni tezroq tayyorlovchi Yevropa xavfsizlik kengashini kiritishni taklif qildim”, deb aytgan Merkel.

U “uyushgan Yevropagina jahon maydonida tinglanish uchun yetarlicha kuchli bo‘la olishini” aytgan va “kelishuvlar imkon beradigan sohalarda yagona qarorlarga kelish”ga chaqirgan.

Merkelning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi mustaqilroq bo‘lishi va “hamjamiyat sifatida omon qolish uchun o‘z taqdirini o‘z qo‘llariga olishi kerak”.

Germaniya yetakchisi, shuningdek, Umumevropa armiyasini tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Merkelning ta’kidlashicha, bunday armiya dunyoga Yevropa davlatlari o‘rtasida yangi urush bo‘lishi imkoni yo‘qligini ko‘rsatgan bo‘lardi. 

“Bu armiya NATOga qarshi armiya emas, balki NATOga yaxshi to‘ldiruvchi bo‘lardi. Shu sababli bu yo‘nalishda ishni davom ettirish kerak”, deb qo‘shimcha qilgan Merkel.

Umumevropa armiyasini tuzish tashabbusini o‘tgan hafta Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bildirgandi. Uning aytishicha, Yevropa hozirda uning ichki jarayonlari va kiberhududiga ko‘plab aralashishga urinishlarga to‘qnash kelmoqda va shu sababli o‘zini Xitoy, Rossiya va hattoki AQShdan ham mustaqil himoya qila olishi kerak.

Makronning bu g‘oyasini AQSh prezidenti Donald Tramp tanqid ostiga olgan. U bu taklifni haqoratomuz deb atagan va Yevropa dastlab NATOga o‘z ulushini to‘lab qo‘yishi kerakligini aytgan.

Manba: kun.uz

 

Kiritildi: 23:13 13.11.2018. O'qildi: 1347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!