Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"Menga qari va semiz er kerak emas": taniqli qo‘shiqchi erini uyidan haydab yubordi

"Menga qari va semiz er kerak emas": taniqli qo‘shiqchi erini uyidan haydab yubordi

Mashhur qo‘shiqchi Masha Rasputina turmush o‘rtog‘i Viktor Zaxarovni ortiqcha vazni tufayli uyidan quvib chiqardi.

Viktorning ta’kidlashicha, Rasputina ovqatlanish masalalariga katta e’tibor beradi. U eriga ozishi kerakligini aytdi. Biroq bu amalga oshmadi va keskinlikka sabab bo‘ldi.

U meni qari, semiz ded iva endi unga kerak emasligimni aytdi. Men xafa bo‘lib, narsalarni to‘plab, boshqa kvartiraga ko‘chib o‘tdim, deydi Viktor Zaxarov.

Zaxarov, shuningdek, Masha Rasputina bilan munosabatlari tugashi mumkinligini istisno qilmadi.

Masha bu vaqt ichida boshqasini topadi deb qo‘rqaman... Keyin ajralish kerak bo‘ladi, dedi qo‘shiqchining eri.

Eslatib o‘tamiz, Masha Rasputina 1999 yilda tadbirkor va prodyuser Viktor Zaxarovga turmushga chiqqandi. Bu qo‘shiqchining ikkinchi nikohi.

Kiritildi: 13:42 19.02.2019. O'qildi: 5146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!