Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

“Menga baribir, sizgachi?” – Melaniyaning ustki kiyimi jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi, Tramp esa (video)

A A A
“Menga baribir, sizgachi?” – Melaniyaning ustki kiyimi jiddiy tanqidlarga sabab bo‘ldi, Tramp esa (video)

Kecha, 21 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Trampning turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp Salvador va Gonduraslik migrantlar bolalarining boshpanasiga bordi.
 
Ammo jamoatchilik va OAV birinchi xonimning tashrifiga emas, uning kiyimiga e’tibor qaratdi. Melaniya Tramp samolyotga “Menga haqiqatda baribir, sizlargachi?” (I really don't care do u?), deb yozilgan kurtkada chiqqan.
 
Parvoz vaqtidayoq Melaniya Tramp g‘arb nashrlarining tanqidlariga uchradi. OAV birinchi xonimni tanlagan kurtkasi sabab, g‘alati va hissizlikda ayblagan va yozuvni migrantlar bolalari bilan bog‘lagan.
 
Ta’kidlanishicha, Melaniya Tramp Texasga kelganda kurtkani yechib qo‘ygan va bolalar bilan uchrashuvdan keyin yana kiyib olgan.
 
Amerika birinchi xonimining matbuot kotibi kurtkadagi yozuv hech qanday yashirin ma’noga ega emasligini aytib, jurnalistlarga e’tiborini Texasdagi migrantlar bolalariga qaratishni maslahat bergan.
 
Ammo AQSh prezidenti kurtkadagi yozuvni boshqacharoq izohlagan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, “Menga haqiqatda baribir, sizgachi?” yozuvi yolg‘on xabarlar tarqatuvchi mediaga qaratilgan.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 19:32 22.06.2018. O'qildi: 2684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!