Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Men Trampning chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlayman"

A A A
"Men Trampning chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlayman"

NATO bosh kotibi alyans davlatlari havo hududiga kirgan Rossiya samolyotlarini urib tushirish tarafdori ekanini bildirdi.

"Men Trampning NATO havo hududini buzgan Rossiya samolyotlarini urib tushirish chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlayman", — dedi Mark Ryutte Fox News telekanali efirida.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida NATO davlatlari o‘z havo hududiga kirgan Rossiya samolyotlarini urib tushirishi mumkinligini aytgan edi. Biroq, Tramp "Agar Yevropa davlatlari Rossiya samolyotini urib tushirsa, AQSh ularni qo‘llab-quvvatlaydimi?", degan savolga aniq javob bermay, "Bu vaziyatga bog‘liq" degan edi.

Kiritildi: 22:05 25.09.2025. O'qildi: 2217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik