Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Men dunyoni boshqaraman”

“Men dunyoni boshqaraman”

AQSh prezidenti Jo Bayden ABC nashriga bergan intervyusida sobiq prezident Donald Tramp bilan munozaradagi muvaffaqiyatsiz faoliyatini uning umumiy ahvolini aks ettiruvchi emas, balki alohida “yomon epizod” deb atadi.

Men har kuni kognitiv testdan o‘taman. Bilasizmi, men nafaqat kampaniya olib bormoqdaman. Men dunyoni ham boshqaraman, — dedi Bayden.

Suhbat chog‘ida Bayden shaxsiy shifokorlari bilan doimiy tekshiruvdan o‘tishini va agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, unga aytishdan tortinmasliklarini aytgan.

10 daqiqada 100 metrga yugura olamanmi? Yo‘q. Lekin men hali ham ko‘rinishim joyida. Debatlarga kelsak, tayyorgarlik borasida o‘z instinktlarimga quloq solmadim, — deya qo‘shimcha qilgan Bayden.

Bayden Trampning aralashuvi uni bir necha metr masofadan sarosimaga solganini aytgan:

Men savolga javob berayotganimda uning mikrofoni o‘chirilganiga qaramay, u hamon qichqirardi. Buning uchun uni ayblamayman, lekin men o‘zimni boshqara olmaganimni angladim.

Tramp odatda ko‘proq olomonni o‘ziga jalb etishi eslatilganda, prezident raqibini “patologik yolg‘onchi” deb atagan.

Kiritildi: 18:09 07.07.2024. O'qildi: 1131 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!