Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ziddiyatga kirishdi. FT'ning yozishicha, Meloni juma kuni Istanbul muzokaralari muhokama qilingan va keyin Trampga qo‘ng‘iroq qilingan guruhga kiritilmaganidan norozi.
Rim Ukrainaga tinchlikparvar qo‘shin yubormaslikka qaror qilgani sababli Italiya bu muzokaralardan chetda qoldirilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda Meloni.