Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Melanya Kim Chen In bilan uchrashuvda Trampga hamrohlik qilmaydi

A A A
Melanya Kim Chen In bilan uchrashuvda Trampga hamrohlik qilmaydi

AQSh birinchi xonimi Melanya Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvda Amerika prezidentiga hamrohlik qilmaydi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

AQSh prezidenti rafiqasining vakili Stefani Grishem so‘zlariga ko‘ra, Melanya Trampga Kanadadagi G7 sammitida ham hamrohlik qilmaydi.

Ta’kidlanishicha, Melanya Tramp omma oldida 10 maydan beri ko‘rinish bermagan.

May oyi o‘rtalarida AQSh birinchi xonimi Uolter Rid nomidagi Milliy harbiy-tibbiy markazda buyraklarida kichik jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bir necha kundan so‘ng u Oq uyga qaytib keldi. 

Kiritildi: 04:12 04.06.2018. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik