Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Meksikaning sayyohlik shahriga chigirtka hujumi Bibliyadagi ogohlantirish sifatida qabul qilindi

A A A
Meksikaning sayyohlik shahriga chigirtka hujumi Bibliyadagi ogohlantirish sifatida qabul qilindi

Meksikaning Merida shahri aholisi chigirtka bosqinidan qo‘rqib ketishdi, ular hujumni Bibliyadagi ogohlantirish deb hisoblashdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Mashhur sayyohlik maskanining osmoni millionlab hasharotlar bilan qorayib ketdi. Shaharliklar buni tabiiy ofatning alomati sifatida qabul qilishdi.

"Bu dunyoning oxiri. Tavba qiling" - dedi mahalliy aholidan biri.

Rasmiylar allaqachon hasharotlarga qarshi kurashni e’lon qilgan. Mutaxassislarning ishontirishicha, chigirtkalar to‘dasi Meridani ikki kundan keyin tark etadi.

Kiritildi: 19:31 08.12.2023. O'qildi: 1521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!