Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Meksikadagi qamoqxonada 23 nafar mahbus qochib ketdi

Meksikadagi qamoqxonada 23 nafar mahbus qochib ketdi

Narkobaron “El Mencho” o‘ldirilganidan keyin Meksikaning Xalisko shtatidagi qamoqxonada yuzaga kelgan tartibsizliklar vaqtida 23 nafar mahbus qochib ketdi.

Shtat jamoat xavfsizligi kotibining ma’lum qilishicha, mahbuslarning sheriklari qamoqxonani o‘qqa tutgan, so‘ngra avtomobil yordamida darvozani buzib kirgan. Boshlangan otishma chog‘ida muassasa qo‘riqchilaridan biri halok bo‘lgan.

Shuningdek, CJNG karteli yetakchisi “El Mencho” o‘ldirilganidan keyin boshlangan tartibsizliklar tufayli Meksika hukumati Xaliskoga qo‘shimcha ravishda 2 ming nafar harbiy yuborgani xabar qilinmoqda.

Meksika hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning bir qator hududlarida yuzaga kelgan to‘qnashuvlarda qariyb 60 kishi halok bo‘lgan, ularning 30 nafari jinoiy to‘da a’zolari hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 09:41. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!