Meksikada Kuaknopalan-Oaxaka avtomagistralida yuz bergan yirik YTH oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda Puebla shtati ichki ishlar vaziri Samuel Agilar Pala yozdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasida uchta mashina to‘qnashgan. 18 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana uch kishi shifoxonada vafot etdi.