Bu haqda shtat Ichki ishlar vazirligi rahbari Samuel Agilar Pala X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
"Bugun ertalab Kuaknopalan-Oaxaka avtomobil yo‘lining 31-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 18 kishi voqea joyida, yana uch kishi kasalxonada vafot etgan", — deb yozadi rasmiy.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
N+ telekanali xabariga ko‘ra, yuk mashinasi, tanker va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng tanker portlab ketgan va avtomobil yo‘l qismidagi harakat vaqtincha to‘sib qo‘yilgan.