Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Meksika prezidenti koronavirusga chalindi

Meksika prezidenti koronavirusga chalindi

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador koronavirusga chalindi. Bu haqda u o‘zining tvitterida ma’lum qildi.

“Afsuski, koronavirusga chalindim. Simptomlar yengil, allaqachon tiklanyapman. Oldinga harakatlanishda davom etamiz”, deb yozdi Obrador.

Lopes Obrador ertalabki matbuot anjumanlarida uning o‘rnini tashqi ishlar vaziri Olga Sanches Kordero egallashini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, Lopes Obrador AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga hozirda AQShda ishlayotgan meksikalik muhojirlarni qonuniylashtirishni taklif qilgandi. "Biz ushbu buyuk millat rivojiga hissa qo‘shgan holda ko‘p yillar davomida ishlagan vatandoshlarimizni qonuniylashtirishni taklif qilamiz", degandi u.

Kiritildi: 09:41 25.01.2021. O'qildi: 1336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!