Hujjat Avstriya, Germaniya, Niderlandiya, Turkiya va Rossiyada qabul qilingan norma va standartlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Standart tutash hudud, binolar, xonalar, texnik uskunalar va jihozlar, xodimlar, xonalarning sanitariya-gigiyena holati, axborot ta’minoti, xizmatlar va jamoatchilik xonalariga talablarni belgilaydi.
Yangi standart nafaqat mehmonxonalar va motellar, balki apartotellar, apartamentlar (rezidensiyalar) kompleksi, lyuks xonalari bo‘lgan mehmonxonalar, spa-mehmonxonalar, butik-otellar va boshqa shunga o‘xshash joylashtirish vositalari tasnifini ham hisobga oladi.
Manba: daryo.uz