Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Mega”ning oldida yurgan talonchilar

“Mega”ning oldida yurgan talonchilar

Toshkent shahri. 2021 yilning 25 fevral kuni soat 22:30 larda noma’lum shaxslar Yunusobod tumani 11-mavzeda joylashgan “MEGA PLANET” savdo majmuasining oldidan o‘tib ketayotgan 23 yoshli Qodirjon D.,ni to‘xtatib, undan narxi 200 AQSh dollarlik “Redmi note 5 pro” rusumli uyali telefon apparatini bir marotaba qo‘ng‘iroq qilib olish uchun so‘rab olib, ushbu uyali telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib hodisa joyidan qochib ketganlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni 23 yoshli Jasur G‘., 24 yoshli Otabek I., va 20 yoshli Jasurbek I., lar sodir etganliklari aniqlanib, ulardan uyali telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda tergov davom etmoqda.  

Kiritildi: 15:06 05.03.2021. O'qildi: 2506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!