Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Medvedev: “Hukumatning iste’fosi oddiy voqea”

Medvedev: “Hukumatning iste’fosi oddiy voqea”

Rossiyaning sobiq bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumat iste’fosini oddiy voqea deb atadi.

«Bu butun dunyoda, shu jumladan, bizning mamlakatimizda ham kuzatiladigan holat. Balki, bu so‘nggi yillarda tez-tez kuzatilmagan holatdir, lekin oddiy voqea», — deydi Medvedev ushbu holatga bosiqlik bilan munosabatda bo‘lish kerakligini ta’kidlab.

Ma’lumot uchun, Rossiya hukumati 15 yanvar kuni iste’fo berdi. Putin Medvedevga Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini egallashni taklif qildi. Oradan bir kun o‘tib 16 yanvar kuni Mixail Mishustin Federal soliq xizmati rahbari Rossiya bosh vaziri etib tayinlandi.

Kiritildi: 19:31 19.01.2020. O'qildi: 1784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!