Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

MDHga a’zo mamlakatlar tarbiyaviy ishlar organlarining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

MDHga a’zo mamlakatlar tarbiyaviy ishlar organlarining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

18 aprel kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa idoralarining shaxsiy tarkib bilan ishlash (tarbiyaviy ishlar) boshqaruv organlari qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.Qo‘mita yig‘ilishida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda Turkmaniston respublikalaridan kelgan harbiy delegasiyalar, shuningdek, MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari Kengashi kotibiyatining rahbariyati ishtirok etdi.Yig‘ilishda O‘zbekiston nomidan mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov ham qatnashdi.Qo‘mita yig‘ilishida MDH mamlakatlari vakillari 1941 1945 yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligini kelasi yilda nishonlash, xususan, MDH mamlakatlarida harbiy muzeylarda ko‘rgazmalarni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdilar. O‘zbekiston bu takliflarni ma’qulladi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari Hamdo‘stlik mamlakatlari doirasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkillashtirishni ham muhokama qildi.

Yig‘ilish yakunida qo‘mita a’zolarining navbatdagi uchrashuvini O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.Bundan tashqari mehmon harbiy delegasiyalarning Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi Harbiy universitetiga tashrifi tashkillashtirilib, tarbiyaviy va o‘quv jarayonlari bilan tanishishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 18:40 21.04.2019. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!