Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Mbappe yuzda niqob bilan o‘ynashiga munosabat bildirdi: “Bu—dahshat”

Mbappe yuzda niqob bilan o‘ynashiga munosabat bildirdi: “Bu—dahshat”

Fransiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe Yevro—2024 da niqobda o‘ynash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Niqob bilan o‘ynash juda dahshatli. Men niqobni almashtirdim, chunki har safar noqulaylik tug‘dirdi. Niqobda o‘ynash qiyin, chunki u ko‘rishni cheklaydi, shuningdek, ter va namlik ham niqob ichida to‘planadi va har safar bundan qutulish uchun niqobni yechish kerak. Bu 3D printerida ishlab chiqarilganga o‘xshaydi.

Niqob uchun rahmat. Ammo uni yechish ehtimoli bo‘lishi bilan, men buni amalga oshiraman”, — deya Mbappening so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Eslatib o‘tamiz, burni singan Mbappe Belgiya terma jamoasi bilan bugun, 1 iyul kuni soat 21:00 da boshlanadigan Yevro—2024 1/8 final uchrashuvi arafasida himoya niqobini almashtirgan edi.

Kiritildi: 11:21 01.07.2024. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!