“Real” klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o‘z o‘yinida qaysi jihatlarini yaxshilashi kerakligini ochiq aytdi.
- Men himoyadagi o‘yinimni yaxshilashim kerakligini juda yaxshi bilaman. Jamoa uchun nima talab qilinsa, shuni qilishga tayyorman.
Men jahon chempionatida g‘alaba qozonishni juda xohlayman va buni har qanday yo‘l bilan amalga oshirish niyatim bor, - dedi Kilian Mbappe.
Fransiya terma jamoasi “JCH-2026” guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bilan bir kvartetdan joy olgan.