Kilian Mbappe zo‘rlashda aybdor deb topilsa, qamoq jazosiga hukm qilinali.
Avvalroq «Real» hujumchisi Shvesiyaga safari chog‘ida do‘stlari bilan Stokholm markazidagi mehmonxonaga borgani va unga nisbatan zo‘rlash borasidagi shikoyat yuzasidan polisiya tekshiruvi boshlangani ma’lum bo‘lgandi. Mbappe bu ma’lumotni «feyk» deb atagan.
Shvesiya prokuraturasi fransiyalik futbolchining ismini tilga olmagan holda zo‘rlash bo‘yicha shikoyatdan keyin dastlabki tergovni ochgani to‘g‘risida press-reliz e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay, zo‘rlangan ayol Mbappeni voqea aybdori deb atagani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Shvesiyada isbotlangan zo‘rlash 6 yilgacha qamoq bilan jazolanadi, deb yozadi Le Parisien Shvesiya Jinoyat kodeksiga tayanib. Jazo 3 yilgacha qisqartirilishi yoki og‘irlashtiruvchi holatlarda 10 yilgacha oshirilishi mumkin.
Shvesiya Jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda zo‘rlash uchun qamoq jazosining o‘rtacha muddati taxminan 27 oyni tashkil qilgan.