Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Maymunlar COVID-19 bor deb gumon qilinganlarning qon namunalarini o‘g‘irlab ketishdi

Maymunlar COVID-19 bor deb gumon qilinganlarning qon namunalarini o‘g‘irlab ketishdi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bir nechta maymunlar laboratoriya mutaxassisiga hujum qilib, uning qo‘lidagi COVID-19 bor deb gumon qilingan 3 bemorning qon namunalarini o‘g‘irlab qochib ketishdi, deb xabar beradi India Today.

Hodisa bugun Uttar-Pradesh shtatidagi Meerut tibbiyot kolleji hududida yuz bergan. Endilikda shifokorlar agar namunalarda koronavirus bo‘lsa, maymunlarning uni yuqtirib olishlaridan qo‘rqishmoqda.

Shtat polisiyasi maymunlarning qon namunalarini o‘g‘irlaganligini va o‘rmon bo‘limiga xabar berilgandan keyin ham maymunlar qo‘lga olinmaganligini tasdiqladi.

Hokimiyat hodisa yuzasidan tergov boshladi.

Kiritildi: 21:36 29.05.2020. O'qildi: 2311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!