Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Maymunchechak: Kongoda epidemiya boshlangani e’lon qilindi

Maymunchechak: Kongoda epidemiya boshlangani e’lon qilindi

Kongo Respublikasi o‘z hududida maymunchechak epidemiyasi boshlanganini e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Gilbert Mokoki xabar berdi.

«Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi boshlandi. Beshta hududda kasallanish bo‘yicha 19 ta holat tasdiqlandi, jumladan, poytaxt Brazzavilda ham», dedi vazir.

Qayd etilishicha, ayni damda mamlakatda ushbu kasallikdan o‘lim holatlari kuzatilmagan. Aholi hayvonlar bilan aloqa qilmaslikka chaqirilgan.

Virus kambag‘al, aholi zich joylashgan oltin qazib oluvchi shaharcha Kamitugada topilgan. Tadqiqotchilar virusni «ushlab turish» va global epidemiyaning oldini olish uchun «shoshilinch choralar» ko‘rishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 22:45 24.04.2024. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!