Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Maykl Jeksonning akasi vafot etdi

Maykl Jeksonning akasi vafot etdi

AQSh matbuotining xabar berishicha, Jackson 5 guruhi a’zosi va marhum Maykl Jeksonning akasi Tito Jekson 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

O‘limning rasmiy sababi hali aniqlanmagan.

Tito Jekson aka-uka Jeki, Jermeyn, Marlon va 2009 yilda vafot etgan Maykl bilan mashhur soul guruhida chiqish qildi.

Uning uchta o‘g‘li Instagramdagi postida bu xabarni tasdiqladi: “Biz dahshatdamiz, qayg‘udamiz va yuragimiz eziladi”.

The Jackson 5 70-yillarning boshidagi eng katta pop musiqa hodisalaridan biri. Ular tarixda o‘zlarining ilk to‘rtta singli («I Want You Back», «ABC», «The Love You Save», and «I’ll Be There») AQSh chartida birinchi o‘rinni egallagan dastlabki guruh bo‘ldi.

Titoning ukasi, pop musiqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli ijrochilardan biri, “Pop qiroli”, 15 ta Grammy mukofoti sovrindori Maykl Jekson 2009 yil 25 iyun kuni vafot etgan edi.

Kiritildi: 21:20 16.09.2024. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!