Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

May oyida Shavkat Mirziyoyevga “Osiyoda yil odami” mukofoti topshiriladi

May oyida Shavkat Mirziyoyevga “Osiyoda yil odami” mukofoti topshiriladi

2018 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo jurnalistlari Assosiasiyasi (AJA) tomonidan Osiyoda yil odami deb tan olingan edi.

Avvalroq, mukofotni topshirish marosimi 2019 yilning bahorida AJA Bosh assambleyasida o‘tkazilishi haqida xabar berilgan edi.

Nampravda.uz manbasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 31 may kuni Toshkent shahrida Osiyo jurnalistlari Assosiasiyasining media-forumi o‘tkaziladi. Forum davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Osiyoda yil odami mukofoti topshiriladi. Forumda 20dan ziyod mamlakatdan jurnalistlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:08 20.04.2019. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!