Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Maxsus ruxsatnoma olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Maxsus ruxsatnoma olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Hozircha ruxsatnomani olish uchun:

-fuqarolik pasporti;

-avtomototransport texnik pasporti;

-Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari uchun – tegishli tuman hokimligining xati;

- tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

-lisenziyalanadigan faoliyat turlari bo‘yicha lisenziya;

-ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;

-xodimning mehnat daftarchasi yoki lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq.

Hurmatli fuqarolar!

Hozirda karantin e’lon qilinganligiga qaramasdan, Davlat xizmatlari markazlariga juda ko‘p fuqarolar kelayotganligini inobatga olgan holda, Markazlar faqat Sizlarning hujjatlaringizni qabul qilish bilan cheklanadi. Shu sababli to‘g‘ri tushungan holda, hujjatlaringizni Davlat xizmatlari markazlari xodimlariga topshirib ketishingiz so‘raladi.

RUXSATNOMA faqat, "Davlat belgisi" DICHB tomonidan belgilangan tartibda ruxsatnomalar blanklari tayyorlanganidan so‘nggina, belgilangan tartib bo‘yicha beriladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimlari Sizlarni telefon orqali xabardor qiladilar.

Bularning barchasi karantin davrida Markazlarimizda fuqarolar yig‘ilishining oldini olish va tavsiya etilayotgan masofani saqlash maqsadida talab etilmoqda.

Kiritildi: 11:57 29.03.2020. O'qildi: 3550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!