Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mask Tesla qachon odamsimon robotlarni ishlab chiqarishni boshlashini aytdi

Mask Tesla qachon odamsimon robotlarni ishlab chiqarishni boshlashini aytdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask uning Tesla kompaniyasi 2025 yilda ichki foydalanish uchun odamsimon robotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini aytdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

«Kelgusi yilda Tesla chindan ham foydali insonsimon robotlarga ega bo‘ladi, biroq Teslaning ichki foydalanishi uchun ularning soni kam bo‘ladi. 2026 yilda biz boshqa kompaniyalar uchun [robotlarni] ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga umid qilamiz», — dedi milliarder.

Bungacha aksiyadorlarning yillik yig‘ilishida Mask kompaniya zavodlari tez orada bir necha ming Optimus bilan jihozlanishini ma’lum qilgan edi . Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi yilda Tesla korxonalarida mingdan ortiq, ehtimol bir necha mingdan ortiq robotlar ishlaydi.

Kompaniya Optimusni tejamkor ishlab chiqarishga intiladi , bunda bitta robotning narxi taxminan 10 ming dollarni tashkil qiladi. Xarajatlarni kamaytirish uchun kompaniya ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda. Dastlab robotlar faqat lizing uchun taqdim etiladi.

Kiritildi: 17:11 22.07.2024. O'qildi: 1624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!