Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Masjidga kirish va chiqishda o‘qiladigan duo

A A A
Masjidga kirish va chiqishda o‘qiladigan duo

Abu Humayd yoki Abu Usayd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.

 «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon sizlardan birortangiz masjidga kirsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salom bersin. So‘ngra: «Allohumma iftah liy abvaba rohmatika», – desin. Chiqayotganida: «Allohumma inniy as’aluka min fazlika», – desin», – dedilar».

Muslim, Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilishgan.

Fotima roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

عَنْ فَاطِمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْمَسْجِدَ صَلَّى عَلَى مُحَمَّدٍ وَسَلَّمَ وَقَالَ: «رَبِّ اغْفِرْ لِي ذُنُوبِي وَافْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ»، وَإِذَا خَرَجَ صَلَّى عَلَى مُحَمَّدٍ وَسَلَّمَ وَقَالَ: «رَبِّ اغْفِرْ لِي ذُنُوبِي وَافْتَحْ لِي أَبْوَابَ فَضْلِكَ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon masjidga kirsalar, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar aytar edilar va: «Robbig‘fir liy zunuvbiy vaftah liy abvoba rohmatika», – der edilar».

Chiqayotganlarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salom aytar edilar va: «Robbig‘fir liy zunuvbiy vaftah liy abvoba fazlika», – der edilar».

Termiziy rivoyat qilgan.

وَكَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِذَا دَخَلَ الْمَسْجِدَ قَالَ: «أَعُوذُ بِاللهِ الْعَظِيمِ وَبِوَجْهِهِ الْكَرِيمِ وَسُلْطَانِهِ الْقَدِيمِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ» فَإِذَا قَالَ ذَلِكَ قَالَ الشَّيْطَانُ: حُفِظَ مِنِّي سَائِرَ الْيَوْمِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon masjidga kirsalar: «A’uzu billahil aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash-shaytonir-rojiym», – der edilar.

Qachon shuni aytsalar, shayton: «Kunning qolgan qismida mendan saqlandi», – der edi».

Abu Dovud rivoyat qilgan.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 22:15 01.11.2019. O'qildi: 34318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!