Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mashinani olib qochgan yigit o‘z manziliga yetib borolmadi

Mashinani olib qochgan yigit o‘z manziliga yetib borolmadi

2022 yil 15 yanvar kuni soat 23:30larda 31 yoshli A.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “NEXIA-3” rusumli avtomashinasini yuvdirish maqsadida Buxoro shahar Sheyxon ko‘chasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasiga kelib, oldindan tanish bo‘lgan shoxobcha ishchisi, 18 yoshli Z.O.,ga transport vositasini yuvish uchun tashlab ketib, yarim soatlardan so‘ng avtomashinasini olib ketmoqchi bo‘lib kelganida Z.O., unga tegishli avtomashinani boshqarib ketib qolganligi aniqlangan.

Mashinani olib qochgan yigit o‘z manziliga yetib borolmadi

Mashinani olib qochgan yigit o‘z manziliga yetib borolmadi

Mashinani olib qochgan yigit o‘z manziliga yetib borolmadi

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, olib qochilgan avtomashina Z.O. tomonidan Shofirkon tumani hududiga borib qoldirib ketganligi aniqlanib, avtomashina ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.O.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qoidabuzar prosessual tartibda ushlangan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, shu kuni Z.O., mast holatda transport vositasini olib qochib, keyinchalik esa Shofirkon tumani hududiga yetib kelganida avtomashinaning gaz yoqilg‘isi tugaganligi sababli avtomashinani shu hududda qoldirib ketishga majbur bo‘lgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:21 18.01.2022. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!