Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mashinada ayolni yalong‘och qilib videoga olgan fuqaroga qarshi jinoyat ishi ochilmaydigan bo‘ldi

Mashinada ayolni yalong‘och qilib videoga olgan fuqaroga qarshi jinoyat ishi ochilmaydigan bo‘ldi

Bosh prokuratura Lacetti mashinasida fuqaro S.S.ni (ayol kishi) yalang‘och qilib, videoga olib, uni internetda tarqatib yuborgan fuqaro SH.B.ga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘amasligini ma’lum qilgan. Bu haqda Daryo ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro SH.B. 2018 yilning sentyabr oyida o‘ziga tegishli bo‘lgan mashinada fuqaro S.S.ni (ayol kishi) yalang‘och qilib, ushbu holatni videoga olib, uni internetda tarqatganligi holati yuzasidan Bog‘ot tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi bildirgisiga asosan tuman tergovga qadar tekshirish o‘tkazilib, shu yilning 23 fevralida Jinoyat prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandi va 325-moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

Tergov ishi jinoyat SH.B. tomonidan sodir qilinganligi aniqlangan bo‘lsa-da, fuqaro S.S. unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi, u bilan 2017 yildan buyon yaqin munosabatda bo‘lib kelayotganligi sababli javobgarlikka tortish uchun murojaat qilmay, tuman IIB boshlig‘i nomiga tekshirish harakatlarini to‘xtatishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan yuqoridagi holat bo‘yicha Bog‘ot tuman IIB tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 14:48 17.04.2019. O'qildi: 11999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!