Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Marsda shahar qurish qancha turadi?

Marsda shahar qurish qancha turadi?

Amerikalik milliarder Ilon Mask Marsda o‘zini o‘zi ta’minlaydigan sivilizasiya yaratish uchun qancha mablag‘ kerakligini ma’lum qildi. Uning fikricha, bunga 100 mlrd. dollardan 10 trln. dollargacha mablag‘ ketadi. Mask bu haqda Tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

U bu bahoni Tvitterdagi @marstronauts taxallusi ostidagi foydalanuvchi bergan savolga javob tariqasida bildirgan. U “Marsda to‘liq o‘zini o‘zi ta’minlaydigan sivilizasiyaning hozirga bahosi qancha?” deb so‘ragan. Mask buni Marsga yuk jo‘natish qiymatini yukka nisbatan ekstrapolyasiya (narsa va hodisaning bir qismini kuzatish asosida olingan xulosalarni uning boshqa qismiga yoyish yoki tatbiq etish) qilish usulida hisoblab chiqqan. Uning xomcho‘tlariga ko‘ra, “Qizil sayyora”ga 1 mln. tonna foydali yuk yuborish qiymati 100 ming dollar turadi.

Agar Marsda risoladagidek shahar qurilishi uchun 1 mln. tonna yuk kerak bo‘lsa, uning qiymati qariyb 100 mlrd. dollar va undan ziyodni tashkil etadi.

Bundan oldin Mask ilk bor sayyoralararo kema uchun dvigatelni sinovdan o‘tkazgan edi. ishbilarmon 2023 yildan Oyga, keyinroq Marsga parvozlar uyushtirishni mo‘ljallayapti.

Kiritildi: 08:00 16.08.2019. O'qildi: 2262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!