58 yoshli marokashlik Muhammad Ruhubat Haj ziyoratini amalga oshirish uchun Marokashdan Saudiya Arabistoniga qarab velosipedda yo‘lga chiqdi. Uning oldida minglab kilometr masofani bosib o‘tish vazifasi turganini aytib o‘tilgan. Bu haqda "dailysabah.com" nashri xabar berdi.
Muhammad Ruhubat o‘z sayohatini 1 aprelda boshlagan bo‘lib, bosib o‘tiladigan yo‘l uch oy to‘qqiz kunni davom etadi. Sayohatchi Marokashning Meknes shahridan yo‘lga chiqib, Mavritaniya, Mali, Burkina Faso, Niger, Chad, Sudandan o‘tadi.
Ruhubat har kuni qariyb 120 km masofani bosib o‘tmoqda.
Manba: muslim.uz