Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

A A A
Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash bu yil misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilik tufayli mamlakatdagi ekin maydonlarining 20 foizini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Marokash qishloq xo‘jaligi vaziri Muhammad Sodiqiy ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform agentligi Anadoluga tayanib.

“Qurg‘oqchilik tufayli 2,5 million gektar maydonning 20 foizini yo‘qotamiz”, - deya ogohlantirdi vazirlik rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda ekin maydonlari 2023 yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.

Marokash beshinchi yildirki kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining asosini tashkil etuvchi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i uchun eng jiddiy tahdidlardan biridir.

Kiritildi: 17:17 18.04.2024. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!