Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

“Markaziy Osiyoda harbiy bazamiz yo‘q” – Xitoy

A A A
“Markaziy Osiyoda harbiy bazamiz yo‘q” – Xitoy

Xitoyning Markaziy Osiyo davlatlarida hech qanday harbiy bazasi yo‘q. TASSning xabar berishicha, bu haqda bugungi brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin Tojikistonda Xitoy tomonidan baza qurilishi haqidagi xabarlarga izoh berayotib aytib o‘tdi.

“Sizga ishonch bilan ayta olamanki, Xitoyning Markaziy Osiyoda hech qanday harbiy bazasi yo‘q”, – dedi u.

Payshanba kuni “Reyter” agentligi Tojikiston parlamenti vakiliga tayanib Dushanbe va Pekin Afg‘oniston bilan chegarada baza qurish bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qildi. Aytilishicha, baza Tojikiston hududida – Afg‘onistonning Badaxshon viloyati va Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani bilan chegaradosh Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatidagi Pomir tog‘larida joylashadi.

“Blumberg” agentligiga ko‘ra, baza qurilishi Xitoyning Jamoat xavfsizligi vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha qiymati 9,4 million dollar deb baholanmoqda. Qurilish ishlari yakunlangach, baza Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga o‘tkaziladi.

Kiritildi: 22:09 30.10.2021. O'qildi: 3011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik