Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

O‘rta muddatli narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadidan kelib chiqib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Idora matbuot xizmati taqdim qilgan press-relizda aytilishicha, o‘rta muddatli istiqbolda inflyasiyaning 5 foizlik targetigacha barqaror pasayishiga erishish uchun pul-kredit sharoitlarini yetarlicha qat’iy darajada shakllanishi ta’minlab boriladi. Bunda, iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligi, inflyasion kutilmalar va tarkibiy islohotlar sur’atlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Iqtisodiyotdagi joriy yuqori talab va narxlarga oshiruvchi bosimlar kelgusi choraklarda kuchayishi bo‘yicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda asosiy stavka oshirish tomonga qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2025 yil 23 yanvarga belgilangan.

Kiritildi: Bugun 15:37. O'qildi: 160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!