Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Markaziy bank 4 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bank 4 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan noyabr oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda banklar, kredit va mikromoliya tashkilotlari faoliyatiga oid 41 ta masala ko‘rib chiqildi, deya xabar berdi regulyator matbuot xizmati.

Ko‘rib chiqilgan masalalarning 31 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida to‘gri kelgan. Shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (5 ta), yangi ochilayotgan mikromoliya va kredit tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish (5 ta), mikromoliya tashkilotini reestrdan chiqarish (1 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (4 ta), banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun auditorlik malaka sertifikatini berish (4 ta) shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (12 ta) bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala — Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari, kredit va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan masalalar ham muhokama qilingan.

Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 1 ta mikromoliya va 1 ta to‘lov tashkilotlari chora va sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shuningdek, Markaziy bank talablari va o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari davomida hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llangan.

Kiritildi: 22:52 19.12.2025. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!