O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan banknot ko‘rinishidagi – “So‘m”ning muomalaga kiritilganining 20 yilligi munosabati bilan 20 raqami tushirilgan namuna Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pul belgisi hisoblanmaydi. Bu haqida rasmiy ma’lumot Markaziy bank tomonidan e’lon qilindi.
Yangi namunalardagi pul belgilari muomalaga chiqarilishi to‘g‘risidagi xabar, shuningdek, ularning tavsiflari Markaziy bank tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu namuna Markaziy bank tomonidan emas, balki “Davlat belgisi” korxonasi tomonidan 2014 yilda yubiley sana munosabati bilan korxonaning reklama mahsuloti (suvenir) sifatida chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha bir nechta ijtimoiy tarmoq sahifalarida "20 ming so‘mlik" yubiley banknoti muomalaga chiqarilganligi va u 100 AQSh dollari qiymatida qabul qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.